USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Opta” Özbekistonning pley-offga çiqiş ehtimolini örganib çiqdi

442 марта
“Opta” Ўзбекистоннинг плей-оффга чиқиш эҳтимолини ўрганиб чиқди

Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdan söng “Opta” analitika kompaniyasi superkompyuteri Özbekistonning 2026 yilgi Jahon çempionati pley-offiga çiqiş ehtimolini örganib çiqdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida malum qilindi. 

Yangilangan prognozga köra, Özbekiston terma jamoasining öz guruhida birinçi örinni egallaş ehtimoli 0,99 foizni taşkil etmoqda. Terma jamoaning pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyati esa 21,90 foiz deb baholangan.

“Opta” hisob-kitoblariga köra, Özbekistonning 1/16 finalga çiqiş ehtimoli 21,90 foiz, nimçorak finalga yetib boriş imkoniyati 4,55 foizga teng. Şuningdek, jamoaning çorak finalga çiqiş ehtimoli 1,26 foiz, yarim finalga yöl olişi 0,33 foiz va finalga çiqişi 0,08 foiz deb baholangan.

Superkompyuter prognozida Özbekistonning jahon çempioni böliş ehtimoli – 0,01 foizni taşkil etgan.

Hisob-kitoblarga köra, Frantsiya terma jamoasini Jahon çempionatining asosiy favoriti deb baholamoqda. Frantsuzlar 10 ming marta ötkazilgan turnir simulyatsiyasining 15,73 foizida çempion bölgan. Turnir boşlanişidan oldin “Opta” Ispaniyani asosiy favorit sifatida körsatgan edi. Uning çempionlik ehtimoli – 16,1 foiz deb baholangan. Biroq ispanlar 1-turdagi mağlubiyatdan söng 12,08 foiz körsatkiç bilan törtinçi öringa tuşib qolgan.

Angliya terma jamoasi çempionlik uçun 12,33 foiz ehtimol bilan ikkinçi örinni egallab turibdi. Amaldagi jahon çempioni Argentinaning kubokni qölga kiritiş imkoniyati esa 12,28 foizga teng.

Elatib ötamiz, Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi Jahon çempionatidagi ilk uçraşuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mağlub böldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: