Mundialning favoritlar reytingi özgardi
“Opta” analitika kompaniyasining superkompyuteri Jahon çempionati guruh bosqiçining birinçi turidan söng turnirning asosiy favoritlari reytingini yangiladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida xabar qilindi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga köra, Frantsiya terma jamoasini Jahon çempionatining asosiy favoriti deb baholamoqda. Frantsuzlar 10 ming marta ötkazilgan turnir simulyatsiyasining 15,73 foizida çempion bölgan.
Turnir boşlanişidan oldin “Opta” Ispaniyani asosiy favorit sifatida körsatgan edi – uning çempionlik ehtimoli 16,1 foiz deb baholangan. Biroq hozirda ispanlar 12,08 foiz körsatkiç bilan törtinçi öringa tuşib qoldi.
Angliya terma jamoasi çempionlik uçun 12,33 foiz ehtimol bilan ikkinçi örinni egallab turibdi. Amaldagi jahon çempioni Argentinaning kubokni qölga kiritiş imkoniyati esa 12,28 foizga teng.
Malumot uçun, guruh bosqiçining birinçi turida Frantsiya Senegalni 3:1 hisobida mağlub etgan bölsa, Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang öynadi. Angliya esa Xorvatiyani 4:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Elatib ötamiz, Özbekiston milliy terma jamoasi birinçi turda Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşdi va 3:1 hisobidagi mağlubiyatni qabul qilib oldi.