Özbekistonning guruhdan çiqiş imkoniyatlarini keskin pasaydi
Bugun, 26 iyun kuni Ekvador terma jamoasining Germaniya ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Bu ğalaba Özbekistonning Jahon çempionati pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyatlariga jiddiy tasir qildi.
Uşbu ğalaba orqali Ekvador “E” guruhida 4 oçko bilan uçinçi örinni egalladi va uçinçi örin sohiblari örtasidagi umumiy reytingda birinçi poğonaga kötarildi. Natijada pley-off yöllanmasi uçun kuraş yanada keskinlaşdi.
Musobaqa nizomiga köra, guruhlarda uçinçi örinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxşi 8 tasi pley-off bosqiçiga çiqadi. Ayni paytda uşbu reytingning sakkizinçi örnidagi jamoa ham 3 oçkoga ega.
Bu esa Özbekiston terma jamoasi uçun vaziyatni ança murakkablaştiradi. Endilikda terma jamoa guruh bosqiçining sönggi turida Kongo Demokratik Respublikasiga qarşi maydonga tuşadi. Hozirgi holatga köra, Özbekiston pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab qolişi uçun raqibini kamida tört töp farqi bilan mağlub etişi talab etiladi. Şundagina Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasi guruhdan çiqiş imkoniyatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston ikki turdan söng oçko jamğara olmagan holda guruhda sönggi örinda bormoqda. Kongo Demokratik Respublikasi esa Portugaliyaga qarşi uçraşuvdagi durang evaziga 1 oçko jamğargan holda 3-poğonani band etgan. Uşbu jamoalar örtasidagi hal qiluvçi bahs joriy yilning 28 iyun kuni Atlantada Toşkent vaqti bilan soat 4:30 da bölib ötadi.