USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qatar JÇdagi iştirokini yakunladi

139 марта
Қатар ЖЧдаги иштирокини якунлади

Bugun, 25 iyun kuni Qatar terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçining uçinçi turida Bosniya va Gertsegovinaga 1:3 hisobida mağlub böldi. Şu tariqa, osiyoliklar mundialdagi iştirokini yakunladi.

Sietl şahrida bölib ötgan uçraşuvdan söng Qatarning pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyati barham topdi.

Bosniya va Gertsegovina safida Kerim-Sam Alaybegoviç 29-daqiqada, Ermin Maxmiç esa 80-daqiqada gol urdi. Qatarlik Maxmud Abunada 34-daqiqada öz darvozasiga töp kiritdi. Qatarning yagona goliga Hasan Al-Haydos 42-daqiqada mualliflik qildi.

Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Bosniya va Gertsegovina 4 oçko bilan “B” guruhida uçinçi örinni egalladi va pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab qoldi. Qatar 1 oçko bilan törtinçi poğonada qoldi hamda musobaqani tark etdi.

Şveytsariya 7 oçko bilan guruh ğolibi böldi, Kanada esa 4 oçko jamğarib, ikkinçi örindan pley-off yöllanmasini qölga kiritdi.

Malumot uçun, Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa iştirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. Har bir guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar, şuningdek, uçinçi örinni band etgan jamoalar orasidagi eng yaxşi sakkizta terma jamoa pley-off bosqiçiga yöl oladi. Argentina amaldagi jahon çempioni hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: