Şveytsariya Bosniyani yirik hisobda mağlub etdi
Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “B” guruhida Şveytsariya hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari örtasidagi 2-tur uçraşuvi yakunlandi. AQŞning Inglvud şahridagi “Sou-Fay” stadionida bölib ötgan bahsda şveytsariyaliklar 4:1 hisobida işonçli ğalabaga erişdi.
Uçraşuvning asosiy voqealari sönggi daqiqalarga töğri keldi. Hisob 74-daqiqada Şveytsariya hujumçisi Yoxan Manzambi tomonidan oçildi. Oradan olti daqiqa ötib, bosniyalik himoyaçi Tarik Muxaremoviç qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.
Bir kişi kam bölib qolgan raqibdan foydalangan şveytsariyaliklar 84-daqiqada Ruben Vargasning goli orqali ustunlikni mustahkamladi. 90-daqiqada esa Manzambi dubl muallifiga aylandi. Bosniya va Gertsegovina 90+3-daqiqada Ermin Maxmiçning goli bilan hisobni qisqartirgan bölsa, 90+7-daqiqada Granit Jaka penaltini aniq amalga oşirib, öyinga nuqta qöydi 4:1.
Uşbu ğalabadan keyin Şveytsariya terma jamoasi oçkolarini törttaga yetkazib, “B” guruhida birinçi öringa kötarildi. Bir oçkoga ega Bosniya va Gertsegovina uçinçi poğonadan joy olgan. Kanada va Qatar terma jamoalari ham bir oçkodan jamğargan bölib, mos ravişda ikkinçi va törtinçi örinlarda bormoqda.
Endilikda guruh bosqiçining sönggi turida Bosniya va Gertsegovina Qatarga qarşi maydonga tuşadi. Şveytsariya esa Kanada bilan kuç sinaşadi. Har ikki uçraşuv 24 iyun kuni bölib ötadi.