AQŞ JÇni ğalaba bilan boşladi
Bugun, 13 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “D” guruhi doirasida AQŞ va Paragvay terma jamoalari örtasidagi 1-tur uçraşuvi bölib ötdi. Bahs amerikaliklarning 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
AQŞning Inglvud şahridagi “Sou-Fay” arenasida ötkazilgan uçraşuvni niderlandiyalik hakam Denni Makkeli boşqarib bordi.
Hisob 7-daqiqada oçildi. Paragvaylik yarim himoyaçi Damian Bobadilya öz darvozasini işğol qilib, AQŞni oldinga olib çiqdi. 29-daqiqada Folarin Balogun gol urgan bölsa-da, ofsayd sababli u inobatga olinmadi.
Biroq oradan ikki daqiqa ötib, amerikalik hujumçi baribir öz nomini tabloga yozdirişga muvaffaq böldi. Balogun 31-daqiqada jamoasining ikkinçi golini kiritdi. U birinçi bölimning 45-daqiqasida yana bir bor raqib darvozasini işğol qilib, dubl qayd etdi.
Ikkinçi bölim örtalarida Paragvay Maurisioning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirdi. Biroq uçraşuvga qöşib berilgan vaqtning 90+8-daqiqasida Jovanni Reyna AQŞning törtinçi golini urdi va bahsga yakuniy nuqtani qöydi.
Şu tariqa, AQŞ terma jamoasi Jahon çempionatini işonçli ğalaba bilan boşlab, dastlabki turdan söng 3 oçko bilan “D” guruhida peşqadamga aylandi. Paragvay esa hozirça oçkosiz qolmoqda.
Malumot uçun, mazkur guruhdan Turkiya va Şveytsariya terma jamoalari ham örin olgan.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.