USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston töyga töyona qilib, Qatarni mağlub etdi

452 марта

Özbekiston töyga töyona qilib, Qatarni mağlub etdi


Bugun, 10 iyun Özbekiston milliy terma jamoasi Jahon çempionatiga saralaşning sönggi öyinida Qatar milliy terma jamoasi bilan bahs olib bordi. Allaqaçon JÇ-2026 yöllanmasini qölga kiritgan “oq börilar” mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va muxlislar köz öngida ğalaba qozonib, futbol jonkuyarlari bilan mundial çiptasini nişonladi.
Öyinning 28-daqiqasida Azizbek Turğunboyev super gol urib, hisobni oçdi. Birinçi bölim töliq “oq börilar” ustunligida ötdi. 33-daqiqada mehmonlar vakili Abdulaziz Hatim qöpollik uçun sariq kartoçka olgan bölsa, oradan 7 daqiqa ötib, 40-daqiqada  Bassam al-Ravi ham Abbosbek Fayzullayevga qarşi qoidani buzgani uçun sariq kartoça bilan “siylandi”. Bölim davomida özbekistonliklar yana bir neçta qulay vaziyatga ega böldi, biroq hisob boşqa özgarmadi.
Ikkinçi bölim ham mezbonlar ustunligida boşlandi. Bir neça hujumlar uyuştirildi. Biroq öyinning 62-daqiqasida super gol muallifi va bahsni yaxşi ötkazayotgan Azizbek Turğunboyev jarohat oldi. Şu sababli uning örniga Jamşid Iskanderov maydonga tuşirildi. Bölimning 67-daqiqasida qatarliklar futbolçisi mezbon jamoa futbolçisiga qarşi qöpollik işlatdi. Mazkur vaziyatda hakamga norozilik bildirgani uçun mehmonlar sardori Akrom Afif sariq kartoçka oldi. Birozdan keyin esa örnini jamoadoşiga böşatib berdi. Yuqori tempda davom etayotgan bahsning 84-daqiqasida Odiljon Hamrobekov va Jaloliddin Maşaripov örniga Hojimat Erkinov va Abdurauf Böriyev maydonga tuşirildi. Oradan 2 daqiqa ötib, 86-daqiqada esa Eldor Şomurodov hisobni 2:0 körinişiga keltirdi. Golni mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham bevosita stadiondan turib nişonladi. Oradan köp ötmay, 91-daqiqada Şomurodov örniga maydonga tuşgan Igor Sergeyev hisobni yirik körinişiga keltirdi – 3:0. Öyin şu tariqa yakunlandi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: