JÇda ilk sensatsiya: Qatar Şveytsariya bilan durang öynadi
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining “B” guruhidan örin olgan Qatar va Şveytsariya terma jamoalari örtasidagi 1-tur bahsi yakunlandi. Unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Uçraşuv AQŞning Kaliforniya ştati Santa-Klara şahridagi “Levays” stadionida bölib ötdi. Boş hakam sifatida gonduraslik Said Martines faoliyat olib bordi.
Hisob 17-daqiqada oçildi. Şveytsariya hujumçisi Bril Embolo penaltini aniq amalga oşirib, jamoasini oldinga olib çiqdi. Qatarliklar esa uçraşuvga qöşib berilgan 90+4-daqiqada himoyaçi Bualem Xuxi tomonidan kiritilgan gol evaziga mağlubiyatdan qutulib qoldi. Şu tariqa uşbu jamoalar dastlabki turda bir oçkodan bölişib oldi. Qiziği, hozirda guruhda 4 ta jamoa ham bir oçko qölga kiritdi.
Endilikda 2-turda Qatar terma jamoasi joriy ilning 19 iyun kuni Kanadaga qarşi maydonga tuşadi. 24 iyun kuni bölib ötadigan 3-turda esa Bosniya va Gertsegovina bilan kuç sinaşadi. Şveytsariya terma jamoasi 18 iyun kuni Bosniya va Gertsegovinaga qarşi öynaydi. Guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini esa 24 iyun kuni Kanadaga qarşi ötkazadi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.