Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Jahon çempionatiga çiqdi
11-05-2026, 12:39
194 марта

Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Jahon çempionatiga çiqdi
Keça, 10 may kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi doirasida Hindiston U-17 terma jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi. Uşbu ğalabadan söng Özbekiston ösmirlar terma jamoasi muddatidan avval guruhdan çiqiş vazifasini hal qilib, Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi.Uçraşuvning 32-daqiqasida Laziz Abduraimov penalti orqali hisobni oçdi. Ikkinçi bölimning 61-daqiqasida hindistonlik futbolçi öz darvozasiga gol urdi. 77-daqiqada esa Ahrorbek Ravşanbekov Özbekistonning yirik hisobdagi ğalabasini taminladi.
Navbatdagi 3-tur uçraşuvi joriy yilning 13 may kuni Avstraliya U-17 terma jamoasiga qarşi bölib ötadi. Avstraliya ilk turda Hindistonni mağlub etgandi. Özbekistonning uşbu ğalabasi evaziga yaşil qita vakillari ham Jahon çempionati yöllanmasiga ega çiqdi.
Guruhdagi Şimoliy Koreya U-17 terma jamoasi musobaqaga kelmagani sababli guruhda uçta jamoa qoldi. Natijada Özbekiston va Avstraliya keyingi bosqiçga çiqişni taminladi. Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston ösmirlar terma jamoasi endi 3-turda Avstraliyaga qarşi bahsda guruh ğolibini aniqlaydi.