Germaniyaning mağlubiyati Ekvador ham pley-offga olib çiqdi
Bugun, 26 iyun kuni Ekvador terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining sönggi turida Germaniyani 2:1 hisobida mağlub etib, pley-off bosqiçiga yöl oldi.
Uçraşuv AQŞning Nyu-Jersi ştati, Ist-Raterford şahridagi “MetLayf” stadionida bölib ötdi.
Ekvadorliklar safida Nilson Angulo 9-daqiqada, Gonsalo Plata esa 77-daqiqada gol urdi. Germaniya terma jamoasining yagona goliga 2-daqiqada Leroy Sane mualliflik qildi.
Uşbu ğalaba orqali Ekvador 4 oçko bilan “E” guruhida uçinçi örinni egalladi. Germaniya 6 oçko bilan birinçi, Kot-d’Ivuar ham 6 oçko bilan ikkinçi, Kyurasao esa 1 oçko bilan sönggi örindan joy oldi.
Musobaqa nizomiga köra, har bir guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar hamda uçinçi örinni olgan 12 terma jamoa orasidagi eng yaxşi sakkizta jamoa pley-off bosqiçiga çiqadi. Ekvador uçinçi örin egallagan jamoalar orasidagi eng yaxşi sakkitalikdan joy olişi kafolatlandi. Hozirda Lotin Amerikasi vakillari bu körsatkiç böyiça yetakçilik qilmoqda.