Meksikada JÇ oçilişi qanday ötdi? (fotoreportaj)
12-06-2026, 11:51
212 марта

Meksikada JÇ oçilişi qanday ötdi? (fotoreportaj)
2026 yilgi FIFA Jahon çempionatining oçiliş kuni munosabati bilan poytaxtda ötkazilgan tadbirlarda qariyb 500 ming kişi iştirok etdi. Bu haqda Mexiko şahri Jamoat xavfsizligi vazirligi xabar berdi.
“Mexiko şahrida 2026 yilgi Jahon çempionatining oçilişini nişonlaş maqsadida taşkil etilgan turli tadbirlarga yarim millionga yaqin odam taşrif buyurdi”, deyiladi şahar politsiyasi tarqatgan rasmiy byulletenda.

Rasmiylarning malumotiga köra, Mexiko şahridagi stadionda ötkazilgan oçiliş öyinini 80 ming nafar tomoşabin kuzatgan. Turnirning asosiy muxlislar maydoni hisoblangan poytaxt markazidagi Sokalo maydonida yana 100 ming kişi töplangan.
.jpg)
Şuningdek, şaharning barça 16 tumanida taşkil etilgan futbol festivallarida taxminan 200 ming nafar muxlis iştirok etgan. Yana 120 ming kişi Meksika poytaxtida sportdagi ğalabalar nişonlanadigan ananaviy maskanlardan biri – Mustaqillik fariştasi monumenti atrofida jamlangan.
Rasmiylar xavfsizlikni taminlaş va tomoşabinlar harakatini muvofiqlaştiriş maqsadida politsiya, fuqarolik mudofaasi xizmatlari hamda boşqa şahar idoralarini birlaştirgan idoralararo işçi guruh tuzilganini takidladi.
Xabarlarga köra, Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum va Mexiko şahri meri Klara Brugada şahar şimolidagi Los Galeana sport majmuasida aholi bilan birgalikda öyinni tomoşa qilgan.

Politsiya tadbirlar bayramona muhitda va jiddiy hodisalarsiz ötganini malum qildi. Politsiya, sayyohlik politsiyasi hamda yöl harakati xavfsizligi xodimlari kun davomida mahalliy va xorijiy muxlislarga yordam körsatgan.
2026 yilgi FIFA Jahon çempionati Meksika, AQŞ va Kanada mezbonligida ötkazilmoqda. Mexiko şahri turnirning bir neçta uçraşuvlariga, jumladan, oçiliş öyiniga mezbonlik qilmoqda.