USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Meksika 40 yildan söng birinçi marta pley-offda ğalaba qozondi

55 марта
Мексика 40 йилдан сўнг биринчи марта плей-оффда ғалаба қозонди

Bugun, 2026 yilgi Jahon çempionati 1/16 final bosqiçida Meksika milliy terma jamoasi Ekvadorni 2:0 hisobida mağlub etib, 1/8 finalga yöl oldi.

Uçraşuv dastlab Toşkent vaqti bilan soat 06:00 da boşlanişi rejalaştirilgan edi. Biroq momaqaldiroq sababli bahs bir soat keç boşlandi. Öyinda gollarga Xulian Kinones 22-daqiqada va Raul Ximenes 31-daqiqada mualliflik qildi. Qöşimça vaqtning beşinçi daqiqasida Ekvador himoyaçisi Pero Inkapiye qizil kartoçka olib, maydonni tark etdi.

Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Şu tariqa, Meksika terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor Jahon çempionatida pley-offning birinçi bosqiçidan ötişga muvaffaq böldi. Öşa mundialda Meksika mezbonlik qilgan va çorak finalgaça yetib borgan edi.

Endilikda Meksika 1/8 finalda Angliya va Kongo Demokratik Respublikasi uçraşuvi ğolibi bilan kuç sinaşadi. 

Uşbu bahs 6 iyul kuni Mexiko şahrida bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, 2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Meksika va Kanada mezbonligida ötkazilmoqda. Tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa iştirok etayotgan turnir joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: