Angliya Panamani mağlub etib, pley-offga yöl oldi
Bugun, 28 iyun kuni Angliya milliy terma jamoasi Jahon çempionati guruh bosqiçining uçinçi va sönggi turida Panamani 2:0 hisobida mağlub etdi. Natijada inglizlar guruh peşqadami sifatida pley-offga yöl oldi.
AQŞning Nyu-Jersi ştati, Şarqiy Rezerford şahrida bölib ötgan uçraşuvda Angliyaning ğalaba gollariga Jud Bellingem 62-daqiqada va Harri Keyn 67-daqiqada mualliflik qildi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Harri Keynning goli Jahon çempionatlaridagi 11-gol böldi. Şu tariqa u Angliya terma jamoasi tarixida mundiallarda eng köp gol urgan futbolçiga aylandi.
Avvalgi rekord 10 ta gol bilan Gari Linekerga tegişli edi. Uşbu ğalaba orqali Angliya “L” guruhida 7 oçko töplab, birinçi örinni egalladi va pley-off bosqiçiga guruh peşqadami sifatida yöl oldi. Jamoaning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq malum böladi.
Panama esa uçala uçraşuvda ham mağlub bölib, oçkosiz holda guruhdagi iştirokini törtinçi örin bilan yakunladi. Uşbu guruhda Xorvatiya terma jamoasi 3-turdagi Ganani 2:1 hisobida mağlub etib, ikkinçi örin bilan guruhdan çiqdi. Endilikda ular 1/16 bosqiçda Portugaliya yoki Kolumbiyaga qarşi maydonga tuşadi.