Messi Misr bilan öyindan keyin nega yiğlaganini aytdi
Argentina milliy terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi Jahon çempionatining 1/8 final bosqiçida Misr ustidan qozonilgan irodali ğalabadan keyin quvonç va yengillikdan köz yoşlarini tiya olmaganini aytdi. Bu haqda Messi öyindan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.
Keça, 7 iyul kuni Argentina Misr ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozongan uçraşuvdan söng Messining final huştagidan keyin hissiyotlarini jilovlay olmagandi. Bu uçraşuvda Argentina terma jamoasi bahsning 79-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgandi.
Jurnalistlar Messidan bu uning milliy jamoa safidagi sönggi öyini bölişi mumkinligi haqidagi öylar tufayli yiğlagan-yiğlamaganini söraşdi.
“Yöq. Bu köz yoşlari quvonç va yengillikdan edi. Biz kuraşni davom ettirişni juda xohlardik va buni bugun tugaşini istamasdik. Öyin davomida juda köp narsa sodir böldi, katta mehnat qildik. Menimça, bu jamoa kuraşni davom ettirişga munosib edi. 0:2 hisobida ortda borayotgan holatdan qaytiş oson emas. Ammo men har doim aytganman bu jamoa heç qaçon taslim bölmaydi”, deydi Messi.
Malumot uçun, amaldagi jahon çempioni Argentina çorak finalda Şveytsariyaga qarşi maydonga tuşadi.
2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötmoqda. Turnir tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa iştirok etmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakuniga yetadi.