Messi Jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi assistentga aylandi
Argentina milliy terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi Jahon çempionatlari tarixida eng köp golli uzatma bergan futbolçiga aylandi. U bu borada 1986 yilgi jahon çempioni Diyego Maradonani ortda qoldirdi.
Messi uşbu natijaga Jahon çempionatining 1/8 final bosqiçida Misrga qarşi öyinda erişdi. U Kristian Romeroning goliga assist muallifi bölib, mundiallardagi golli uzatmalarining sonini 9 taga yetkazdi. Jahon çempionatlarida assistlar statistikasi 1966 yildan beri yuritib kelinadi.
Atlantada bölib ötgan Argentina – Misr bahsi esa haqiqiy dramatik stsenariy asosida keçdi. Misr terma jamoasi Yasser Ibrohimning 15-daqiqadagi va Mustafo Zikoning 67-daqiqadagi gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga çiqib oldi.
Biroq uçraşuvning hal qiluvçi daqiqalari amaldagi jahon çempionlari foydasiga keçdi. 79-daqiqada Kristian Romero Lionel Messining uzatmasidan keyin hisobni qisqartirdi. Oradan tört daqiqa ötib, Messining özi hisobni tenglaştirdi va turnirdagi sakkizinçi golini urib, töpurarlar poygasidagi peşqadamligini mustahkamladi. Etiborlisi, u birinçi bölimda penaltini aniq amalga oşira olmagan edi.
Qöşimça vaqtning ikkinçi daqiqasida Lautaro Martinesning uzatmasini golga aylantirgan Entso Fernandes Argentinaga irodali ğalabani taqdim etdi – 3:2.
Malumot uçun, Argentina terma jamoasi çorak finalda Şveytsariyaga qarşi bahs olib boradi. Uşbu uçraşuv joriy yilning 12 iyul kuni bölib ötadi.