Messi Peledan ötib ketdi
Argentina milliy terma jamoasining sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon çempionatining 1/16 final bosqiçida Kabo-Verdega qarşi öyinda yana bir tarixiy natija qayd etdi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.
Uçraşuvning 29-daqiqasida hisobni oçgan Messi Jahon çempionatining pley-off bosqiçlarida gol+pas tizimi böyiça samarali harakatlari sonini 12 taga yetkazdi. Argentinalik futbolçi hisobida endi pley-off öyinlarida 6 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.
“Opta” malumotlariga köra, bu 1966 yildan buyon Jahon çempionatining pley-off bosqiçlarida har qanday futbolçi qayd etgan eng yaxşi natija hisoblanadi. Messi uşbu körsatkiç böyiça braziliyalik afsona Pele va Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi. Ular hisobida 11 tadan samarali harakat – 6 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud edi.
Şuningdek, mazkur gol Messi uçun 2026 yilgi Jahon çempionatidagi 7-gol, mundiallar tarixidagi 20-gol va u gol urgan ketma-ket sakkizinçi Jahon çempionatining uçraşuvi böldi.
Eslatib ötamiz, endilikda Argentina terma jamoasi 1/8 finalda Misrga qarşi bahs olib boradi.