Messi Jahon çempionati eng yaxşi töpurari böldi
Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi Jahon çempionati guruh bosqiçining 2-turida Avstriyaga qarşi uçraşuvda gol urib, turnir tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.
Argentinalik futbolçi öyinning 38-daqiqasida hisobni oçdi. Bu gol Messining Jahon çempionatlaridagi 17-goli böldi. Şu tariqa u Germaniya terma jamoasining sobiq hujumçisi Miroslav Klozeni (16 gol) ortda qoldirib, mundiallar tarixidagi eng yaxşi töpurar maqomini qölga kiritdi.
Qiziği, uçraşuvning 9-daqiqasida Messi penaltidan foydalana olmagan edi. Şunga qaramay, Messi öyinning yakuniy daqiqalarida gol urib joriy turnirdagi 5 golini kiritdi. Şu tariqa, u turnirdagi gollari sonini 5 taga yetkazib, 2026 yilgi Jahon çempionatining eng yaxşi töpurarlari röyxatida yakka peşqadam bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, Messi birinçi turda Jazoirga qarşi bahsda (3:0) xet-trik qayd etgan edi. Avstriyaga qarşi uçraşuvdagi ğalaba Argentina terma jamoasini muddatdan avval pley-off bosqiçiga yöllanma oldi.
Malumot uçun, Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi, 2014 yilgi mundial finalçisi, 2008 yilgi Olimpiya çempioni hamda ikki karra Amerika kubogi sohibi (2021, 2024) bölgan.
Bundan taşqari, Messi 8 marta qölga kiritgan “Oltin töp” mukofoti böyiça ham rekord sohibi hisoblanadi.