USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Messining xet-trigi ortida qanday rekordlar turibdi?

114 марта
Мессининг хет-триги ортида қандай рекордлар турибди?

Bugun, 2026 yilgi Jahon çempionatining guruh bosqiçida Argentina terma jamoasi Jazoirni 3:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvning boş qahramoni esa, odatdagidek, Lionel Messi böldi. 38 yoşli hujumçi xet-trik qayd etib, nafaqat jamoasiga muhim ğalabani taqdim etdi, balki futbol tarixidagi yana bir qator rekordlarni ham yangiladi.

38 yoşli futbolçi Kanzas-Siti şahridagi bahsga milliy jamoa safidagi 200-öyinini ötkaziş uçun maydonga tuşdi. Şu tariqa u futbol tarixida oltita Jahon çempionatida iştirok etgan birinçi futbolçiga aylandi. Bu natijani keyinroq Portugaliya hujumçisi Kriştianu Ronaldu ham takrorlaşi mumkin. Şuningdek, Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Oçoa ham turnir davomida maydonga tuşsa, uşbu rekordga şerik böladi.

Messi uçraşuvning 17-, 60- va 76-daqiqalarida gol urdi. U hatto uçraşuvning 5-daqiqasida ham raqib darvozasini işğol qilgandi, ammo bu gol ofsayd sababli bekor qilindi. Şunga qaramay, argentinalik yulduz joriy yilgi mundialni tarixiy natija bilan boşladi.

Eng muhim rekordlardan biri – Jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxati bilan boğliq. Jazoir darvozasiga urilgan uç goldan keyin Messining mundialdagi umumiy gollari soni 16 taga yetdi. Şu tariqa, Messi Germaniya terma jamoasining sobiq hujumçisi Miroslav Klozening köp yillar davomida saqlanib kelgan rekordiga tenglaşdi. Kloze 2002, 2006, 2010 va 2014 yilgi Jahon çempionatlarida jami 16 ta gol urgan bölsa, Messi bu natijaga oltita mundial orqali erişdi.

Bu uçraşuv Messining Jahon çempionatlari tarixidagi birinçi xet-trigi sifatida ham qayd etildi. Qiziği şundaki, u faoliyati davomida deyarli barça yirik musobaqalarda xet-triklar qayd etgan bölsa-da, mundialda bu natijaga ilk bor erişdi. Bu esa uning beqiyos faoliyatidagi kam sonli “oçilmagan sahifalardan” biri edi.

Jazoirga qarşi bahs Messi uçun yana bir tarixiy voqeaga aylandi. U olti karra Jahon çempionatlarida iştirok etgan birinçi futbolçi böldi. Argentinalik yulduz özining birinçi mundialini 2006 yilda Germaniyada ötkazgan bölsa, keyinçalik 2010, 2014, 2018, 2022 va endi 2026 yilgi musobaqalarda ham iştirok etmoqda. Messining Jahon çempionatlari bilan boğliq tarixi 2006 yilda boşlangan. U öşanda Germaniyada bölib ötgan mundialda 18 yoşida debyut qilgan. Eng qiziq tarafi şundaki, Jazoirga qarşi bahs Messining Serbiya va Çernogoriyaga qarşi öyindagi birinçi mundial iştirokidan roppa-rosa 20 yil ötib bölib ötdi.

Şu bilan birga, 38 yoş-u 11 oylik Messi Jahon çempionatlari tarixidagi eng keksa xet-trik muallifiga aylandi. Bu borada avvalgi rekord Kriştianu Ronalduga tegişli edi.

Şuningdek, Messi ketma-ket beşta Jahon çempionatida gol urgan ilk futbolçi sifatida ham tarixdan joy oldi. Uning gollari 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yilgi mundiallarga töğri kelmoqda.

Amaldagi jahon çempionlari musobaqani işonçli ğalaba bilan boşlagan bölsa, Messi oldida yana bir neçta rekordlarni yangilaş imkoniyati bor. Argentina terma jamoasi guruh bosqiçida navbatdagi uçraşuvlarini Avstriya va Iordaniyaga qarşi ötkazadi. Endi argentinalik yulduz oldida yana bir tarixiy imkoniyat turibdi. Keyingi gol uni Miroslav Klozeni ortda qoldirib, Jahon çempionatlari tarixidagi yakka tartibdagi eng yaxşi töpurarga aylantiradi. Agar Messi mundial davomida yana bir marta raqib darvozasini işğol qilsa, futbol tarixidagi eng muhim rekordlardan biriga yakka özi egalik qiladi.

Agar Messi jamoasini yana bir bor jahon çempionligiga yetaklay olsa, u Argentina tarixida Jahon çempionatida öz çempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan ilk sardorga aylanadi. Bu natijaga hatto Diyego Maradona ham erişa olmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: