USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Messi Jahon çempionatida antirekord örnatdi

342 марта
Месси Жаҳон чемпионатида антирекорд ўрнатди

Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi 2026 yilgi Jahon çempionatining guruh bosqiçida kamida 90 daqiqa maydonda harakat qilgan 618 nafar maydon futbolçisi orasida eng kam masofa bosgan öyinçi böldi. Bu haqda “Opta” portali xabar berdi.

Manbaga köra, Messi har bir öyinda örtaça 8,1 kilometr masofani bosib ötgan. Bu körsatgiç guruh bahslarida 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan futbolçilar orasidagi eng past natija böldi. Şunga qaramay, u turnirning eng yaxşi töpurarlari röyxatida Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappe bilan birgalikda oltitadan gol urib, peşqadamlik qilmoqda.

Argentina guruh bosqiçining sönggi turida Iordaniyani 3:1 hisobida mağlub etdi. Messi uşbu öyinda zaxiradan maydonga tuşib, 80-daqiqada jarima zarbasidan turnirdagi oltinçi golini urdi.

Argentina uç uçraşuvda 9 oçko jamğarib, “J” guruhida birinçi örinni egalladi.

Endi Lionel Messi boşçiligidagi Argentina terma jamoasi Jahon çempionatining 1/16 finalida joriy yilning 3 iyulidan dan 4 iyuliga ötar keçasi Kabo-Verde terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Messi Avstriyaga qarşi uçraşuvda bir yöla 4 ta rekordni yangilab Ginnesning rekordlar kitobiga kirgandi.   

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: