Argentina guruh bosqiçini yuz foizlik natija bilan yakunladi
Argentina milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining uçinçi turida Iordaniyani 3:1 hisobida mağlub etdi. Natijada amaldagi çempionlar guruh bosqiçini 100 foizlik natija bilan yakunlab, pley-offga çiqdi.
AQŞning Texas ştati, Arlington şahrida bölib ötgan uçraşuvda argentinaliklarning gollariga Jovani Lo Çelso (19), Lautaro Martines (31, penalti) va Lionel Messi (80) mualliflik qildi. Iordaniyaning yagona golini esa Muso Al-Tamari 55-daqiqada kiritdi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Guruhning ikkinçi uçraşuvida Avstriya va Jazoir 3:3 hisobida durang öynadi.
Şu tariqa, uçta uçraşuvda ham ğalaba qozongan Argentina 9 oçko bilan “J” guruhida birinçi örinni egallab, pley-off bosqiçiga yöl oldi.
Avstriya va Jazoir 4 oçkodan töpladi. Avstriya qöşimça körsatkiçlar böyiça ikkinçi örinni egallagan bölsa, Jazoir eng yaxşi uçinçi örin sohiblari qatorida pley-off yöllanmasini qölga kiritdi.
Iordaniya esa uçala uçraşuvda ham mağlub bölib, guruhni sönggi örinda yakunladi.