USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

JÇ debyutanti yana mağlubiyatga uçradi

175 марта
ЖЧ дебютанти яна мағлубиятга учради
Bugun, 23 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-turidan örin olgan Jazoir va Iordaniya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahsda jazoirliklar 2:1 hisobida ğalaba qozondi.

AQŞning Kaliforniya ştati, Santa-Klara şahrida bölib ötgan uçraşuvda hisobni Iordaniya terma jamoasi futbolçisi Nizar Ar-Raşdan 36-daqiqada oçdi. Biroq ikkinçi bölimda Jazoir jamoasi vaziyatni öz foydasiga hal qildi. Nadir Benbuali 69-daqiqada muvozanatni tiklagan bölsa, Amin Guiri 82-daqiqada ğalaba goliga mualliflik qildi.

Mazkur natija Jazoir terma jamoasiga joriy Jahon çempionatidagi ilk ğalabani taqdim etdi. Jamoa hisobidagi oçkolar soni 3 taga yetdi va u “J” guruhida uçinçi öringa kötarildi.

Malumot uçun, jazoirliklar birinçi turda amaldagi jahon çempioni Argentinaga 0:3 hisobida mağlub bölgan edi. Argentina esa ikki turdan keyin 6 oçko jamğarib, guruhda peşqadamlik qilmoqda hamda pley-off bosqiçiga çiqiş masalasini hal qildi.

Jahon çempionati debyutanti bölgan Iordaniya terma jamoasi esa ikki öyindan söng ham oçko jamğara olmadi. Şu tariqa jamoa muddatidan avval pley-off yöllanmasi uçun kuraşiş imkoniyatini yöqotdi va guruhda sönggi örinda qolmoqda.

Avstriya terma jamoasi ham 3 oçkoga ega bölib, qöşimça körsatkiçlar böyiça ikkinçi örinni egallab turibdi. Avstriya birinçi turda Iordaniyani 3:1 hisobida mağlub etgan edi.

Guruh bosqiçining sönggi turida Jazoir 28 iyun kuni Avstriyaga qarşi maydonga tuşadi. Iordaniya esa şu kuni Argentina bilan kuç sinaşadi.

Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksikada ötkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa iştirok etayotgan musobaqa 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon çempioni – Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: