USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Argentina Messining dubli evaziga ğalaba qozondi

150 марта
Аргентина Мессининг дубли эвазига ғалаба қозонди

Bugun, 22 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionatining “J” guruhidan örin olgan Argentina va Avstriya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Uçraşuv Argentina terma jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

AQŞning Texas ştati, Arlington şahrida bölib ötgan bahsni misrlik hakam Amin Umar boşqarib bordi. 

Öyinning 9-daqiqasida Lionel Messi Lautaro Martinesga nisbatan işlangan qoidabuzarlik uçun belgilangan penaltidan foydalana olmadi. Şunga qaramay, u 39-daqiqada hisobni oçdi. Qöşimça vaqtning 90+5-daqiqasida esa Messi özining ikkinçi golini kiritib, uçraşuvga nuqta qöydi — 2:0.

Şu tariqa , ikkinçi turdan söng Argentina terma jamoasi 6 oçko bilan “J” guruhida yakka peşqadam aylandi. Avstriya hisobida esa 3 oçko mavjud bölib, jamoa ikkinçi örinni egallab turibdi.

Guruh bosqiçining sönggi turida Argentina 28 iyun kuni Iordaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Avstriya esa şu kuni Jazoir terma jamoasi bilan kuç sinaşadi.

Malumot uçun, Argentina musobaqaning amaldagi ğolibi hisoblanadi. Jamoa 2022 yilgi Jahon çempionati finalida Frantsiyani mağlub etgan edi. Öşa bahsning asosiy va qöşimça vaqtlari 3:3 hisobida yakunlangan bölsa, penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida ustun kelişgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: