Avstriya JÇ debyutantini mağlub etdi
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon çempionati guruh bosqiçining 1-turidan örin olgan Avstriya va Iordaniya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahs Avstriya terma jamoasining 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi.
Avstriyaliklar 20-daqiqada hisobni oçişdi. Golga Romano Şmid mualliflik qildi. Iordaniya terma jamoasi esa 50-daqiqada Ali Olvanning aniq zarbasi orqali hisobni tenglaştirdi.
Uçraşuvdagi hal qiluvçi vaziyat 76-daqiqada yuz berdi. Iordaniya himoyaçisi Yazan Al-Arab töpni öz darvozasiga yöllab qöydi va şu tariqa Avstriya yana oldinga ötib oldi. Bahsga nuqtani esa tajribali hujumçi Marko Arnautoviç qöydi. U 90+12 daqiqada belgilangan penaltidan unumli foydalanib, jamoasining uçinçi golini kiritdi. Şu tariqa, Avstriya va Argentina terma jamoalari 1-turdan söng “J” guruhida peşqadamlik qilmoqda.
Endilikda Avstriya terma jamoasi navbatdagi uçraşuvini joriy yilning 22 iyun kuni Argentinaga qarşi ötkazadi. Iordaniya terma jamoasi esa 23 iyun kuni Jazoir bilan maydonga tuşadi.