USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya JÇ debyutantiga 7 ta gol urdi

154 марта
Германия ЖЧ дебютантига 7 та гол урди

Keça, 14 iyun kuni 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining “E” guruhi 1-turidan örin olgan Germaniya va Kyurasao terma jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi. Bahs 7:1 hisobida germaniyaliklar foydasiga hal böldi.

Uçraşuvning 6-daqiqasida Feliks Nmeça hisobni oçib, Germaniyani oldinga olib çiqdi. 21-daqiqada Livano Komenentsiya javob golini urdi. 38-daqiqada Niko Şlotterbek nemislarning ikkinçi goliga mualliflik qildi. Birinçi bölimga qöşib berilgan 45+5-daqiqada Kay Xaverts penaltini aniq bajarib, hisobni 3:1 körinişiga olib keldi.

Ikkinçi bölim boşida, 47-daqiqada Jamal Musiala Germaniyaning törtinçi golini kiritdi. 68-daqiqada Nataniel Braun beşinçi golni urgan bölsa, 78-daqiqada Deniz Undav hisobni 6:1 ga yetkazdi. 88-daqiqada esa Kay Xaverts Germaniyaning yettinçi golini kiritib, yirik ğalabani rasmiylaştirdi.

Uşbu natijadan söng Germaniya 3 oçko bilan “E” guruhida peşqadamga aylandi. Kyurasao esa oçkosiz holda törtinçi örinda bormoqda. Guruhning yana bir uçraşuvida

Endilikda 2-turda Germaniya joriy yilning 20 iyun kuni Kot-d’Ivuarga qarşi maydonga tuşadi, 25 iyun kuni bölib ötadigan 3-tur bahsida esa Ekvador bilan kuç sinaşadi. Kyurasao esa 21 iyun kuni Ekvadorga qarşi öynasa, 25 iyun kuni Kot-d’Ivuar bilan töqnaş keladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: