USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Panamani yirik hisobda mağlub etdi

285 марта

Özbekiston Panamani yirik hisobda mağlub etdi

Bugun, 11 noyabr kuni Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bölib ötayotgan Jahon çempionatining guruh bosqiçidagi sönggi bahsda panamalik tengqurlari bilan öynadi. Özbekistonlik ösmirlar öyinda 6:1 hisobida ğalaba qozonib, guruhdan çiqiş masalasini hal qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimi har ikki jamoa vakillari uçun qiyin ötdi. Bir qança imkoniyatlar bölganiga qaramay, hisob oçilmadi. Xususan, taymning 21-daqiqasida darvozabon Ibrohim Şokirov raqib jamoa penaltisini qaytarib, seyv ijro etdi.

Ikkinçi bölim özbekistonlik futbolçilarning ustunligida boşlandi. 48-daqiqada Abubakir Şukurullayev gol urib, hisobni oçdi. 5 daqiqadan keyin Sadriddin Hasanov ham öz hisobiga gol yozdirib qöydi. Özbekistonning 3-goliga esa 68-daqiqada Sayfiddin Sodiqov mualliflik qildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarning birinçisida Jamşidbek Rustamov, törtinçisida esa Asilbek Aliyev raqib darvozasiga töp kiritib, hisobni 5:0 körinişiga keltirdi. Oradan 1 daqiqa ötib Abdusamad Saidov penaltini aniq ijro etdi va hisobni yanada yiriklaşitirib qöydi – 6:0. Öyinning sönggida panamaliklar futbolçisi Jozef Paçeko ham gol urdi va jamoasining yagona goliga mulliflik qildi. Şu tariqa Özbekiston ikkinçi bölimda kiritilgan 6 ta gol evaziga guruhdan çiqiş masalasini hal qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: