Braziliya va Marokaş bahsi ham durang bilan tugadi
Bugun, 14 iyun kuni 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining “C” guruhidan örin olgan Braziliya va Marokaş terma jamoalari örtasidagi 1-tur uçraşuvi yakunlandi. Uçraşuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Dastlab 21-daqiqada marokaşlik yarim himoyaçi Ismoil Saybari darvozabon Alisonning ustidan töpni oşirib taşlab, Marokaş terma jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. 32-daqiqada esa Vinisius Junior hisobni tenglaştirdi. Şu tariqa, har ikki jamoa musobaqadagi iştirokini bir oçkodan jamğariş bilan boşladi.
Joriy yilning 20 iyun kuni 2-turda Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarşi maydonga tuşadi, 3-turda esa 25 iyun kuni Şotlandiya bilan kuç sinaşadi. Marokaş terma jamoasi 2-turda 20 iyun kuni Şotlandiyaga qarşi öynasa, 3-turda 25 iyun kuni Gaiti bilan bahs olib boradi.
Guruhning ikkinçi bahsida Gaiti va Şotlandiya terma jamoalari özaro töqnaş keladi. Uçraşuv bugun, 14 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.