Argentinalik muxlislarga öq uzildi
Jahon çempionati doirasidagi Argentina – Jazoir uçraşuvi oldidan AQŞning Kanzas-Siti şahrida argentinalik muxlislar ketayotgan avtomobilga öq uzildi. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.
Malumotlarga köra, argentinalik muxlislar guruhi taksida harakatlanayotgan vaqtda ularga qarata öq uzilgan. Muxlislarning aytişiça, ularning avtomobili ortida kelayotgan boşqa maşina töxtagan va şundan söng ikki marta öq otilgan.
Guvohlarning sözlariga köra, voqea joyiga politsiya yetib borib, körsatmalarni qayd etgan. Keyinçalik muxlislar patrul avtomobillari kuzatuvida stadionga olib borilgan. Hodisaning sabablari hozirça nomalum bölib qolmoqda.
Malumot uçun, Argentina va Jazoir terma jamoalari örtasidagi uçraşuv 3:0 hisobida Lotin Amerikasi vakillarining ğalabasi bilan yakunlandi. Öyinda Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi xet-trik qayd etgan holda Jahon çempionatlari tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylangandi.