Bugun qaysi hududlarda kuçli şamol bölişi aytildi
Bugun, 4 sentyabr kuni Özbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toşkent şahrida kuçli şamol va bazi joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Qayd etilişiça, kunduz kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va toğli hududlarning bazi joylarida şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Şuningdek, Toşkent şahrida ham bugun şamol tezligi meyordan yuqori va çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, bugun Özbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.