USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yölovçi bomba haqidagi hazili uçun reysdan qoldirildi

68 марта
Йўловчи бомба ҳақидаги ҳазили учун рейсдан қолдирилди

Keça, 3 sentyabr kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida yölovçi sumkasida bomba bölişi mumkinligi haqida hazil qilgani uçun Olmaota – Aqtau reysidan olib qolindi. Bu haqda “TengriNews” xabar berdi.

Malum qilinişiça, yölovçi aviakompaniya dalolatnomasi asosida transport politsiyasi xodimlari tomonidan reysdan olingan. Bunga uning qozoq tilida aytgan “Bu sumkada qörğoşinmi yoki bomba bormi?” degan gapi sabab bölgan.

Şundan söng, transport politsiyasi va aviatsiya xavfsizligi xodimlari yölovçi hamda uning bagajini tekşirgan. Tekşiruv natijasida portlovçi moddalar yoki boşqa taqiqlangan buyumlar aniqlanmagan. Hodisa sabab aeroportda evakuatsiya ötkazilmagan va havo bandargohi odatdagidek işlagan.

Politsiya malumotiga köra, yölovçi mayda bezorilik uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan. Holat böyiça tuzilgan material sudga yuboriladi. Transport politsiyasi yölovçilarni samolyot bortida xavfsizlikka tahdid sifatida qabul qilinişi mumkin bölgan gaplarni, hatto hazil tariqasida ham aytmaslikka çaqirgan.

Qayd etilişiça, Qozoğiston Jinoyat kodeksining 273-moddasiga köra, terrorçilik akti yoki boşqa xavfsizlik tahdidi haqida bila turib yolğon xabar beriş uçun 5000 oylik hisob-kitob körsatkiçigaça jarima, majburiy jamoat işlari yoki beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonning Olmaota xalqaro aeroportida Özbekiston fuqarosi “sumkamda bomba bor” deb hazillaşgani uçun jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: