USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda içida 54 özbekistonlik bölgan avtobus YTHga uçradi

1 280 марта
Qozoğistonda içida 54 özbekistonlik bölgan avtobus YTHga uçradi

Keça, 30 noyabr kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida içida 54 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan yölovçi avtobusi yöl-transport hodisasiga uçradi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Aqtau şahridagi Boş konsulligi xabar berdi.


Qozoğiston Respublikasining vakolatli idoralari malumotiga köra, soat 21:00 da “Rossiya Federatsiyasi – Aqtöbe – Qizilörda – Olmaota” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yölida “Moskva – Toşkent” yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 774BOT13 bölgan VanHool rusumli yölovçi avtobusi yöl-transport hodisasiga uçragan.

Hodisa vaqtida avtobusda 54 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan. YTH oqibatida jabrlanuvçi va halok bölganlar yöq. Barça yölovçilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aqtöbe viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qişloğidagi masjidga vaqtinça joylaştirilgan. Fuqarolarga oziq-ovqat va zarur yordamlar körsatilmoqda.

“Fuqarolarni Özbekistonga boşqa avtobus orqali tezkor ravişda qaytariş çoralari körilmoqda. Vaziyat Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi va Boş konsulligi tomonidan töliq nazoratga olingan bölib, Qozoğiston tomonining masul idoralari bilan doimiy aloqa örnatilgan”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: