Amurda YTHga uçragan avtobusda özbekistonliklar bölgani rad etildi
17-10-2025, 17:20
168 марта

Amurda YTHga uçragan avtobusda özbekistonliklar bölgani rad etildi
Rossiyaning Amur viloyatida Özbekiston, Turkiya va Tojikiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus ağdarilib ketgani haqida xabar berilgan edi. Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, avtobusda Özbekiston fuqarolari bölganini rad etdi.Qayd etilişiça, keça, 16 oktyabr kuni Amur viloyati hududidagi Blagoveşensk-Svobodniy yölining 19-çaqiriğida yengil avtomobil va Yamata nomli Turkiya quriliş kompaniyasiga tegişli bölgan yölovçi avtobus iştirokida avtohalokat sodir bölgan.
Özbekistonning Xabarovsk şahridagi Boş konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor suriştiruv işlari olib borilgan.
Rasmiy malumotlarga köra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yölovçisi halok bölgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Uşbu avtobusda Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölmagan.