Özbekistonliklarning Qozoğistonda halok bölgani yuzasidan Migratsiya agentligi munosabat bildirdi
13-09-2025, 22:58
686 марта

Özbekistonliklarning Qozoğistonda halok bölgani yuzasidan Migratsiya agentligi munosabat bildirdi
Avvalroq, Qozoğistonning Olmaota viloyatidagi metall yiğiş şoxobçasidagi portlaş oqibatida 3 nafar özbekistonlik halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidag Özbekiston Migratsiya agentligi munosabat bildirdi.“2025 yil 11 sentyabr kuni Qozoğiston Respublikasi Olmaota viloyati Ili tumani Bayserke qişloğida joylaşgan LGN Metal korxonasida yuz bergan portlaş oqibatida 3 nafar Özbekiston fuqarolari halok bölgani yuzasidan çuqur qayğu bilan malum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Iliy tumani politsiyasi tomonidan inson ölimiga olib kelgan mehnat muhofazasi qoidalarini buziş böyiça jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Migratsiya agentligi tomonidan marhumlarning jasadlarini vatanga qaytariş uçun zarur rasmiylaştiriş işlari taşkil etilgan.
Marhumlarning yaqinlariga zarur amaliy yordam körsatiş böyiça hududiy Migratsiya agentliklari masul xodimlari biriktirilgan. Qozoğiston tomoni bilan tergov jarayonida doimiy hamkorlik yölga qöyilgan. Migratsiya agentligi marhumlarning oila azolariga hamdardlik bildiradi.
Qayd etiş joiz, rasmiy talqinga köra metall qabul qiliş jarayonida nomalum buyum portlab ketgan. Taşkilot egasining aytişiça, metall orasida mina bölgan bölişi mumkin. “Nur.kz” naşrining yozişiça, voqea joyida kriminalistlar va Mudofaa vazirligi vakillari işlamoqda. Hududga heç kim kiritilmayapti. Halok bölganlarning şaxsi aniqlangan. Ular işçilar ekani va barçasi Özbekiston fuqarolari ekani malum qilingan.