Rossiyada ayançli YTH: 3 nafar özbekistonlik yigit halok böldi
6-09-2025, 14:44
1 712 марта
Rossiyada ayançli YTH: 3 nafar özbekistonlik yigit halok böldiTataristonning Zayinsk tumanida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Malumotlarga köra, Nexia rusumli yengil avtomaşina nomalum sababga köra qarşisidagi yöl qismiga çiqib ketgan va MAN yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Zarb kuçidan yengil maşina qattiq deformatsiyaga uçragan. Oqibatda haydovçi va yölovçilar voqea joyida halok bölişgan.
Qozondagi Özbekiston Boş konsulxonasi halok bölganlarning barçasi Özbekiston fuqarolari ekanini tasdiqladi.
“Vaziyat Boş konsulxona tomonidan nazoratga olingan. Zarur jarayonlar yakunlanganidan söng, marhumlarning jasadlari Migratsiya agentligi hisobidan Özbekistonga yuborilişi rejalaştirilgan”, — deya xabar berildi konsulxona bayonotida.
Hodisa böyiça tegişli organlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

