Rossiyadagi migrant bolalarining yarmi maktabga bormayapti
11-06-2025, 13:02
196 марта

Rossiyadagi migrant bolalarining yarmi maktabga bormayapti
Rossiyada ota-onasi xorij fuqarolari bölgan 638 174 nafar voyaga yetmagan bola bor va ularning yarmi maktablarga bormaydi. Bu haqda keça, 10 iyun kuni Rossiya Davlat dumasi deputatlarining söroviga javoban mamlakat Içki işlar vaziri örinbosari Igor Zubov malum qildi.“Ularning aksariyati öqimaydi, degan gap haqiqatga töğri kelmaydi, deb öylayman. Lekin, ehtimol, yarmisi qandaydir sabablarga köra bekor yuribdi”, deydi Zubov.
Şuningdek, u bunday bolalar soni kamayib borayotganini malum qilgan. Zubovning aytişiça, Moskva şahrida 80 ming 282 nafar voyaga yetmagan xorijlik yaşaydi, ulardan faqat 25 ming nafari talim olmoqda.
Bildirilişiça, keça, 10 iyun kuni Davlat dumasi deputatlari birinçi öqişda qonun loyihasini qabul qilgan. U böyiça hududiy va mahalliy talim boşqarmalari migrant bolalar haqida Içki işlar vazirligining tegişli bölimlariga malumot berişga majbur böladi.
Bu malumotlarga quyidagilar kiradi:
- rus tilini biliş böyiça test natijalari;
- talim muassasasiga qabul qilinişi yoki çiqarilişi haqidagi malumotlar;
- nazorat ostidagi şaxslar reyestriga kiritilgan ota-onalarning maktabga qilgan murojaatlari haqidagi malumotlar.