USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ ayrim qurilmalardagi reklama kuzatuv tizimlarini öçirib qöydi

42 марта
АҚШ айрим қурилмалардаги реклама кузатув тизимларини ўчириб қўйди

AQŞ harbiylari Yaqin Şarqdagi amerikalik harbiylarni nişonga olişda tijorat orqali sotiladigan geolokatsiya malumotlaridan foydalaniş xavfi ortib borayotgani sababli ayrim telefon va kompyuterlardagi reklama kuzatuv tizimlarini öçirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Gap mobil reklama identifikatorlari (MAID) haqida bormoqda. Uşbu identifikatorlar reklama kompaniyalariga qurilmalar harakatini kuzatiş va foydalanuvçilarning joylaşuvi haqida malumot töplaş imkonini beradi.

“Reuters” malumotlariga köra, AQŞ Havo kuçlari, Quruqlikdagi qöşinlar va Maxsus operatsiyalar qömondonligi davlatga tegişli Windows kompyuterlari va mobil qurilmalarda bunday kuzatuv vositalarini bloklagan.

Bu çoralar AQŞ senatori Ron Uayden tomonidan elon qilingan rasmiy xatlar orqali malum bölgan. Uayden Pentagonni harbiy xizmatçilarning joylaşuvi haqidagi malumotlardan duşmanlar foydalanişi ehtimoliga qarşi körilayotgan çoralarni kuçaytirişga çaqirmoqda.

AQŞ Quruqlikdagi qöşinlari Windows qurilmalaridagi reklama identifikatorlari 2021 yildan avvalroq bloklanganini malum qildi. Mobil qurilmalarda esa bu funktsiyani standart tarzda öçiriş 2026 yil fevral oyidan boşlangan.

AQŞ Havo kuçlari Uaydenga reklama identifikatorlarini kompyuter va mobil telefonlarda ikki oy oldin öçirganini bildirgan. Maxsus operatsiyalar qömondonligi esa Windows qurilmalarida uşbu identifikatorlarni “yaqinda” bloklaganini aytgan.

Bunday çoralar tijorat malumotlari brokerlari tomonidan yiğiladigan va keyin uçinçi tomonlarga sotiladigan geolokatsiya malumotlari bilan boğliq xavflar kuçaygan bir paytda körilmoqda. Bunday malumotlar muayyan qurilma yoki uning egasining qayerda ekanini aniqlaş uçun işlatilişi mumkin.

Uaydenning takidlaşiça, AQŞ harbiylari tomonidan körilgan çoralar ijobiy qadam bölsa-da, mavjud himoya mexanizmlari hali yetarli emas. U Pentagondan harbiy xizmatçilarni geolokatsiya malumotlari orqali kuzatiş va nişonga olişning boşqa usullari ham mavjud yoki mavjud emasligini tekşirişni söragan.

Maxfiylik va kiberxavfsizlik böyiça ekspertlar ham reklama identifikatorlarini öçiriş harbiylarning joylaşuvini oşkor qiliş xavfini kamaytirişini tan olgan. Biroq ular bu yagona kuzatuv usuli emasligini, boşqa texnologiyalar orqali ham qurilmalar harakatini aniqlaş mumkinligidan ogohlantirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: