USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

20 dan ortiq tarmoq faollariga çora körildi

107 марта
20 дан ортиқ тармоқ фаолларига чора кўрилди

Ijtimoiy tarmoqlarda reklama talablarini buzgan 20 dan ortiq kanal va guruh adminlari, bloger, vayner hamda boşqa tarmoq faollariga nisbatan çora körildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda onlayn va raqamli marketing sohasi jadal rivojlanib, aholining ijtimoiy tarmoqlardagi axborot manbalariga qiziqişi ortib bormoqda. Bu esa reklama beruvçilarning ommabop kanal va platformalarda reklama joylaştirişga bölgan qiziqişini ham kuçaytirmoqda.

“Reklama töğrisida”gi qonunga köra, reklamani tarqatiş va uni boşqa axborotlardan ajratib körsatişga oid talablar belgilangan. Jumladan, reklama maxsus axborot sifatida reklama obektiga etiborni jalb qiliş, unga bölgan qiziqişni şakllantiriş yoki qöllab-quvvatlaş, şuningdek, bozorda bevosita yoki bilvosita foyda oliş maqsadida ilgari suriş uçun möljallangan böladi.

Şuningdek, reklamani boşqa axborotlardan “reklama” yoki “reklama huquqi asosida” belgisi bilan ajratib joylaştiriş talab etiladi. Agar tahliliy maqola, şarh, fikr yoki mulohazada tijorat maqsadi közlangan bölsa, bunday material ham reklama sifatida aniq belgilanişi lozim.

Biroq ayrim holatlarda axborot tarqatişda uşbu talablarga amal qilinmayotgani, xususan, oddiy axborot materialidan reklamani ajratib turuvçi tegişli belgilar körsatilmayotgani kuzatilmoqda.

Malumot uçun, ötgan vaqt davomida “Reklama töğrisida”gi qonunçilik talablari buzilgani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlardagi 20 dan ortiq guruh va kanal mamurlari, bloger, vayner hamda boşqa tarmoq faollariga nisbatan çora körilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq raqobat qömitasi “Maktab bozorlari”da savdoni amalga oşirayotgan tadbirkorlik subektlari hamda sotuvçilarni bozorlarda sotiayotgan darsliklar, maktab formalari, öquv-yozuv qurollari va boşqa anjomlar narxlarini asossiz oşirmaslikka çaqirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: