Özbekistonliklar JÇ oldidan bukmekerlik xizmatlari böyiça ogohlantirildi
9-06-2026, 18:05
74 марта

Özbekistonliklar JÇ oldidan bukmekerlik xizmatlari böyiça ogohlantirildi
2026 yil futbol böyiça Jahon çempionati oldidan internet va ijtimoiy tarmoqlarda bukmekerlik xizmatlari hamda qimor öyinlarini tarğib qiluvçi reklama materiallari tarqatgan şaxslar jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.Mutaxassislar qayd etişiça, yirik sport musobaqalariga qiziqişning ortişi bazi şaxslar tomonidan fuqarolarni turli bukmekerlik platformalariga jalb qiliş vositasi sifatida işlatilmoqda. Ularda sport natijalariga pul tikiş, qisqa muddatda daromad oliş yoki yirik yutuqlar vadasi orqali aholini tavakkalçilik öyinlariga jalb etiş holatlari uçramoqda.
Özbekiston Respublikasining “Reklama töğrisida”gi qonunining 46-moddasiga köra, qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni, jumladan, internet orqali taşkil etiladigan bunday xizmatlarni reklama qiliş taqiqlangan. Şuningdek, uşbu turdagi reklama materiallarini tayyorlaş, joylaştiriş yoki tarqatiş qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Malum qilinişiça, ayrim şaxslar anonim akkauntlar va soxta profillar orqali, şuningdek xorijiy platformalardan foydalangan holda uşbu turdagi reklamalarni tarqatişga urinmoqda. Biroq bunday harakatlar vakolatli organlar tomonidan nazoratga olingan.
Aniqlangan qonunbuzarlik holatlari böyiça malumotlar tegişli davlat organlariga, jumladan, Içki işlar vazirligining kiberxavfsizlik bölinmalariga taqdim etiladi.
Ogohlantiriş sifatida takidlanadiki, fuqarolar bukmekerlik va qimor öyinlarini tarğib qiluvçi şubhali reklama materiallariga işonmaslikka, ularni tarqatmaslikka hamda bunday holatlar haqida vakolatli organlarga xabar berişga çaqiriladi.