Mehmonxonada qimor öynaganlar qölga olindi
17-04-2026, 09:05
370 марта

Mehmonxonada qimor öynaganlar qölga olindi
Jizzax şahridagi Bobur mahallasi hududida joylaşgan mehmonxonada özboşimçalik bilan taşkil etilgan qimorxona faoliyati töxtatildi. Bu xaqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Aytilişiça, öyin iştirokçilari Jizzax şahrida yaşovçi 1985, 1996 va 1992 yilda tuğilgan şaxslar bölib çiqqan. Ulardan 3 dona öyin kartalari, 200 AQŞ dollari va 4 mln 680 ming söm miqdordagi pullar daliliy aşyo sifatida tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Habar berilişiça, ayni vaqtda mehmonxonada qimor öyini taşkil etgan şaxslarning harakatlariga qonuniy baho berilib, Jizzax şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatiş çoralari körilmoqda.