121 kişi iştirokida qimor taşkil qilgan şaxs uşlandi
29-01-2026, 17:55
561 марта

121 kişi iştirokida qimor taşkil qilgan şaxs uşlandi
Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida 121 nafar fuqaro iştirokida noqonuniy xöroz öyini taşkil etgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.Malum bölişiça, joriy yilning 24 yanvar kuni Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasi va Yangi Namangan tumani Içki işlar bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida uyida 121 nafar fuqarolar iştirokida tavakkalçilikka asoslangan xöroz öyinini taşkil etib kelayotgan şaxs aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida 12 dona xöroz va qimorning har bir iştirokçisidan alohida yiğilgan 12 million sömdan ortiq pul aşyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan qimorxona taşkil etgan şaxs protsessual tartibda qölga olinib, unga nisbatan Yangi Namangan tumani Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.