Otaxonning uyidan 20 kg marixuana çiqdi
28-01-2026, 13:53
817 марта

Andijonda otaxonning uyidan 20 kg marixuana çiqdi
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 75 yoşli fuqaroning uyidan 20 kg “marixuana” giyohvand moddasi çiqdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.Malum bölişiça, joriy yilning 21 yanvar kuni Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boşqarmasi xodimlari özaro hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbir davomida Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvçi 1950 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadoni belgilangan tartibda xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv jarayonida xonadonning tom qismida quruq holatdagi 20 kilogrammdan ortiq “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman Içki işlar bölimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.