Maşina bakiga narkotik yaşirganlar uşlandi
9-01-2026, 10:40
326 марта

Farğonada maşina bakiga narkotik yaşirganlar uşlandi
Farğona viloyatida 11 kilogrammdan ziyod narkotik moddalarni avtomaşinaning yoqilği bakida yaşirinça olib kirişga uringanlar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, Beşariq tumanida joylaşgan “Ravot” çegara-bojxona postiga Tojikistondan kirib kelgan, Özbekiston tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi xodimlar tomonidan sinçkovlik bilan tekşiruvdan ötkazilgan.
Natijada avtomaşinaning yoqilği baki içiga sof oğirligi 10 kilogramm 739 gramm “gaşiş”, 412 gramm “marixuana” va 35 gramm “opiy” giyohvandlik vositalari hamda 6945 dona “Royal” kuçli tasir qiluvçi dori vositalari yaşirilgani aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Bildirilişiça, tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.