Tojikistondan 100 kg narkotik olib kirganlar uşlandi
20-12-2025, 09:25
341 марта

Tojikistondan 100 kg narkotik olib kirganlar uşlandi
Tojikistondan Özbekistonga olib kelingan 100 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, Samarqand viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Bulunğur tumanida yaşovçi, 1996 va 1997 yillarda tuğilgan 2 şaxs 79 kilogramm 358 gramm “opiy” moddasini Tojikistondan kontrabanda yöli bilan Özbekistonga olib kelib, kelgusida sotiş maqsadida xufiya joyga yaşirib qöyganliklari aniqlangan va uşbu giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, körsatma asosida muqaddam dala maydoniga yaşirib qöyilgan 1 kilogramm 953 gramm “metamfetamin” sintetik narkotik moddasi ham olingan.
Boşqa holatda esa Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yaşovçi, 1994 va 1997 yillarda tuğilgan 2 şaxs va Tojikistonning Tursunzoda tumanida istiqomat qiluvçi Tojikiston fuqarosi davlat çegarasini buzgan holda, 30 kilogramm 357 gramm “opiy” moddasini Özbekiston hududiga olib ötgan vaqtida Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan qölga olingan.
Aniqlanişiça, ular tojikistonlik narkosavdogarga tegişli uşbu moddalarni malum bir haq evaziga belgilangan manzilga yetkazib berişlari kerak bölgan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur giyohvandlik vositasining buyurtmaçisi hisoblangan, Denov şahrida yaşovçi şaxs ham qölga olingan.