Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik modda topildi
23-09-2025, 21:17
450 марта

Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik modda topildi
Farğona, Samarqand, Namangan va Andijon viloyatiga Tojikistondan olib kelingan 66 kg narkotik modda töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Jumladan, Farğona viloyatining Beşariq tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan fuqaro boşqaruvidagi Cobalt maşinasi Tojikistondan Beşariq tumanida joylaşgan “Rovot” çegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida töxtatildi. Avtomaşina sinçkovlik bilan közdan keçirilganda, uning yukxonasiga örnatilgan gaz balloni içiga 53 dona öramda giyohvandlik vositasi yaşirilgani malum böldi. Ekspertiza xulosasiga köra, uşbu öramlarda 50 kg 852 gr “opiy” va 6 kg 927 gr “gaşiş” moddalari borligi aniqlandi. Tergovga qadar tekşiruv davomida avtotransport egasi ularni Duşanbe şahridan olib kelayotgani malum böldi.