USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadan yaşirinça narkotik olib kelgan şaxs uşlandi

331 марта

Rossiyadan yaşirinça narkotik olib kelgan şaxs uşlandi 

Rossiya Federatsiyasidan Özbekistonga “Gazel” rusumli transport vositasi uçun möljallangan uzatmalar qutisi (korobka peredaç) içiga xufiyona tarzda yaşirilgan holda olib kelinayotgan narkotik modda töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 


Malum qilinişiça, Toşkent viloyatida joylaşgan “Navoiy” çegara bojxona posti orqali Qozoğiston Respublikasidan kirib kelgan “Lada Largus” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda tekşiruvdan ötkazilgan. Körik davomida avtomaşina yukxonasida saqlanayotgan, “Gazel” rusumli transport vositasi uçun möljallangan uzatmalar qutisi (korobka peredaç) içiga xufiyona tarzda yaşirilgan holda 5 dona öramda joylangan, umumiy oğirligi 2 kg 300 gramm bölgan “mefedron” sintetik narkotik moddasi aniqlangan.
 
Avtomaşinani Buxoro şahrida yaşovçi, 2000 yilda tuğilgan fuqaro boşqargan. U “Özbekiston – Rossiya” yönalişida kirakaşlik bilan muntazam şuğullanib kelgan. Fuqaro uşbu avtoehtiyot qismni Toşkent viloyatida kutib turgan, 2000 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan şaxsga yetkazib berişi kerak bölgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, göyo heç narsa bölmagandek avtomaşina qöyib yuborilgan va u kuzatuv ostiga olingan. Şundan söng, buyurtmani qabul qilib olayotgan vaqtda ikkinçi şaxs (zakazçik) ham qölga olingan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) hamda 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: