Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik uşlandi
6-01-2026, 10:43
273 марта

Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik uşlandi
Farğona viloyatida Tojikistondan keltirilgan jami 32 kilogramm narkotik modda uşlab qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Tojikistondan kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanuvçi fuqaroning Qöqon şahridagi yaşaş xonadoni közdan keçirilgan.
Natijada xonadon oşxonasida 4 kilogramm 572 gramm “opiy” hamda 1 kilogramm 58 gramm “gaşiş” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Şuningdek, unga tojikistonlik narkosavdogarlar WhatsApp messenjeridan yuborgan geolokatsiya orqali muqaddam Danğara tumani hududiga yaşirib ketilgan 9 kilogramm 980 gramm “opiy” moddasi olingan.
Bundan taşqari, unga giyohvandlik vositalarini qayta işlab, istemolga tayyor holatga keltiriş uçun yordam bergan, Qöqon şahrida istiqomat qiluvçi şaxs özining yaşaş xonadonida narkolaboratoriya taşkil qilgani aniqlanib, undan ham 7 kilogramm 226 gramm “opiy” moddasi olingan.
Boşqa holatda esa Qöqon şahri hududida harakatlanayotgan mahalliy fuqaro boşqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi töxtatilib közdan keçirilganda, unda muqaddam 34 ming AQŞ dollariga sotib olingan 5 kilogramm 22 gramm “opiy” moddasi borligi malum bölgan.
Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddani sotgan hamşahari va uning jinoiy şerigi bölgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi qölga olingan.
Şuningdek, tojikistonlik fuqaroning Özbekiston tumanidagi xonadonidan ham 2 kilogramm 362 gramm “opiy” moddasi olingan.
Qöqon şahrida qayd etilgan yana bir holatda Nexia rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilgan va unda yölovçi sifatida ketayotgan fuqaroga tegişli sumka içida 982 gramm “gaşiş” moddasi borligi malum bölgan.
Aniqlanişiça, u giyohvandlik vositasini muqaddam tojikistonlik narkokurerlar tomonidan Qöqon şahri hududiga yaşirib ketilgan xufiya joydan olgan.
Farğona şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa bir şaxs Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 989 gramm “gaşiş” moddasini xaridorga 150 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- (kontrabanda) va 273-moddalari (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.