Çegara ortidan kelgan “ajal yuki” töxtatildi
16-01-2026, 12:31
290 марта

Çegara ortidan kelgan “ajal yuki” töxtatildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va Çegara qöşinlari hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.Xususan, Andijon şahrida yaşovçi, 1985 va 1989 y.t. ikki nafar fuqaro “özbek-qirğiz” davlat çegarasining Namangan viloyati Uyçi tumani “Yangiyer” MFY hududidan ötuvçi qismida harakatlanayotgan vaqtlarida töxtatib tekşirildi.
Natijada, ularning yonida bölgan yuk sumkasi içida 19 kg 169 g “gaşiş” moddasi borligi malum bölib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketiş uçun yordamlaşiş maqsadida kelgan vaqtida, ularning 1990 y.t. hamşahari ham uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida, qonunbuzarlar qirğizistonlik narkosavdogar bilan til biriktirib, uşbu ajal oğusini kelgusida sotiş maqsadida mamlakatimiz hududiga kontrabanda qilganliklari malum böldi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX va IIO xodimlari hamkorligida ötkazilgan boşqa tezkor tadbirda esa Yangi Namangan tumanida yaşovçi, 1990 y.t. muqaddam sudlangan ayol hozirda şaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 200 mln sömga sotib olişga kelişib, u tomonidan matolar orasiga yaşirgan holda Marğilon şahridan yölovçi maşinada yuborilgan 1 kg 953 g “gaşiş” moddasini qabul qilib olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.