Özbekistonga 20 mlrd sömlik tilla buyumlarni olib ötgan şaxslar uşlandi
28-08-2025, 11:57
554 марта

Özbekistonga 20 mlrd sömlik tilla buyumlarni olib ötgan şaxslar uşlandi
Qirğiz Respublikasidan Özbekistonga noqonuniy ravişda 19 kilogrammdan ortiq tilla buyumlar olib ötgan 2 kişi uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Bildirilişiça, davlat çegaralarini qöriqlaş va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Uning davomida Farğona tumanida yaşovçi, 1991 va 1993 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro qölga olinib, ulardan qöşni Qirğiz Respublikasidan noqonuniy ravişda davlat çegarasi orqali Özbekistonga olib ötilgan taxminiy qiymati 20 mlrd sömlik, umumiy oğirligi 19 kg 119 gr bölgan tilla zargarlik buyumlari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.
Hozirda olingan daliliy aşyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatiş masalasi körib çiqilmoqda