Instagram'da alkogolli içimlikni reklama qilgan bloger javobgarlikka tortildi
Instagram ijtimoiy tarmoğidagi blogida alkogolli içimliklar reklamasini joylaştirgan bloger N. Sobirovga nisbatan mamuriy çora körildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantiriş va istemolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, qömita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining qonunçilikka muvofiqligi örganilgan. Tekşiruvlar davomida blogerning Instagram’dagi sahifasida alkogolli içimliklar reklamasi joylaştirilgani aniqlangan.
Özbekiston Respublikasining “Reklama töğrisida”gi qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli içimliklarni reklama qiliş taqiqlangan. Faqat ayrim turdagi pivo va vinolarni belgilangan talablar asosida reklama qilişga ruxsat etilgan
Qömita malumotiga köra, bloger taqiqlangan mahsulot reklamasini tarqatgani uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan hamda tegişli hujjatlar sudga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Gonzo” taxallusi bilan tanilgan bloger Geydar Aliyev ham Toşkent şahrida bölib ötgan festival davomida jamoat tartibiga zid harakatlar sodir etgani uçun mamuriy javobgarlikka tortilgan edi.