USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Taxtlar öyini: Filippinda prezident va vitse-prezident örtasidagi ziddiyat kuçaydi

67 марта
Тахтлар ўйини: Филиппинда президент ва вице-президент ўртасидаги зиддият кучайди

Filippin vitse-prezidenti Sara Duterte prezident Ferdinand Markos kiçik, uning rafiqasi va sobiq parlament spikeriga nisbatan jiddiy tahdidlar bildirgani böyiça sud qarori ortidan garov puli töladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, sud Duterte uçta jiddiy tahdid böyiça iş doirasida hibsga olinişi haqida qaror çiqargan. Har bir ayblov böyiça garov puli 120 ming peso, jami 360 ming peso etib belgilangan.

Duterte sud binosi oldida önlab politsiya xodimlari qurşovida jurnalistlarga özini xavfsiz his qilmayotganini aytgan. U politsiya va sudlarga işonmasligini bildirib, hokimiyatni taqibda ayblagan.

“Agar garov pulini tölasam, taqib töxtamaydi. Tölamasam, politsiyaga olib ketişadi. Men politsiyaga ham, sudlarga ham işonmayman. Özimni umuman xavfsiz his qilmayapman”, degan Duterte.

U, şuningdek, agar “bu keça halok bölsa”, buning uçun kim javob berişini söragan va politsiya voqeani baxtsiz hodisa deb baholab, javobgarlikdan çetda qolişini aytgan.

Politsiya Dutertening bu ayblovlari yuzasidan izoh beriş söroviga darhol javob bermagan. Markos mamuriyati ham uning xavfsizligi haqidagi bayonotlariga munosabat bildirmagan. Biroq prezident ofisi keça, 4 sentyab kuni sudning har qanday qarori hurmat qilinişi haqida malum qilgan.

Sud Dutertega qöyilgan 3 ta ayblovning barçasi böyiça işni körib çiqiş uçun yetarli asoslar bor, degan xulosaga kelgan.

Iş 2024 yil noyabridagi onlayn matbuot anjumaniga borib taqaladi. Öşanda Duterte öziga suiqasd qilinsa, Prezident Markos, uning rafiqasi Liza Araneta Markos va öşa vaqtda parlament spikeri bölgan Martin Romuldesni öldiriş uçun yollanma qotil bilan gaplaşgani va unga körsatma berganini aytgan. Keyinçalik u bu bayonotlar tahdid bölganini rad etgan.

Mazkur ayblovlar Duterte yuzasidan Senatda körilayotgan impiçment işiga ham kiritilgan. Vitse-prezident, şuningdek, davlat mablağlaridan, jumladan, vitse-prezident va Talim vaziri bölgan davrida notöğri foydalanganlikda ayblanmoqda. U bu ayblovlarni ham rad etgan.

Duterte şu bilan birga 2028 yilgi prezidentlik saylovida iştirok etiş niyatini bildirgan. Agar impiçment jarayonida aybdor deb topilsa, u lavozimidan çetlatilişi va prezidentlik saylovida qatnaşiş rejasi barbod bölişi mumkin.

Malumot uçun, Duterte va Markos Filippindagi ikki yirik siyosiy sulola vakillari hisoblanadi. Ular 2022 yilda ittifoq tuzib, saylovda ğalaba qozongan, ammo 2024 yilda munosabatlari keskin yomonlaşgan.

Hozirgi huquqiy mojaro ikki siyosiy oila örtasidagi ziddiyatning navbatdagi keskinlaşuvi sifatida baholanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ hukumati Filippin Qurolli kuçlariga 4 ta Ocean Aero Triton avtonom suvosti va suvusti apparatini topşirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: