Qirğiziston va Tojikiston fuqarolarining AQŞga kirişi uçun şart qöyildi
8-01-2026, 08:18
124 марта

Qirğiziston va Tojikiston fuqarolarining AQŞga kirişi uçun şart qöyildi
AQŞ Davlat departamenti 25 ta yangi davlat, jumladan, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari uçun viza berişda garov puli (depozit) talabini joriy qildi. Bu haqda idoraning rasmiy saytida xabar berildi.
Endilikda röyxatga kiritilgan mamlakatlar fuqarolari AQŞga kiriş vizasiga ariza topşirganda 5 ming dollardan 15 ming dollargaça miqdorda garov puli tölaşi kerak böladi. Garovning aniq summasi elçixona yoki konsullikdagi viza suhbatida belgilanadi.
Joriy yil 21 yanvardan boşlab uşbu talab Qirğiziston va Tojikiston fuqarolariga ham tatbiq etiladi. Turkmaniston fuqarolari uçun esa garov talabi 1 yanvardan joriy etilgan.
Röyxatga kiritilgan davlatlar soni 38 taga yetdi. Ularning aksariyati Afrika, Janubiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari. Davlat departamenti izohiga köra, bunday qarorga uşbu davlatlar fuqarolari tomonidan sayyohlik va işbilarmonlik vizalari (B-1 va B-2) böyiça AQŞda qoliş muddati tez-tez buzilgani sabab bölgan.
Garov puli faqat AQŞ Moliya vazirligining rasmiy pay.gov tölov tizimi orqali, konsullik xodimi taqdim etadigan töğridan töğri havola orqali qabul qilinadi. Davlat departamentiga köra, garov tölaş vizaning berilişini kafolatlamaydi. Garov puli tölab viza olgan şaxslar AQŞ hududiga faqat uçta aeroportdan kirib-çiqişi şart: Boston şahridagi Logan aeroporti, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroport va Vaşingtondagi Dallas aeroporti.
Garov sifatida kiritilgan mablağ viza amal qiliş muddati tugaşidan oldin, AQŞdan çiqib ketilgaç avtomatik tarzda qaytariladi. Şuningdek, agar arizaçiga aeroportda mamlakatga kiriş rad etilsa, u ham garov pulini qaytarib olişi mumkin böladi.